AsosiyJinoyat

Olmaliqlik ayol erini pichoqladi

'Olmaliqlik ayol erini pichoqladi'ning rasmi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi 55 yoshli ayol oshxona pichog`i bilan turmush o`rtog`iga tan jarohati etkazdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, S.B va uning eri N.B o`rtasida janjal kelib chiqqan. O`zaro oilaviy kelishmovchilik sabab boshlangan janjal oqibatida ayol qo`lidagi oshxona pichog`ini erining ko`krak qismiga sanchib, unga tan jarohati etkazgan. Oqibatda R.B shifoxonaga yotqizilib, uning turmush o`rtog`iga nisbatan qasddan badanga og`ir shikast etkazish bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deb yozmoqda O`zA.

Olmaliq shahar ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan mazkur holat bo`yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar