Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti va O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti o`rtasida o`zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Unga ko`ra Serji-Pontuaz va O`zbekiston davlat jahon tillari universitetlari ta`lim dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik qilishadi.
Hamkorlik aloqalari boshlang`ich va o`rta ta`limda faoliyat yurituvchi fransuz tili o`qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ikki muassasa xodimlari va talabalari o`rtasida o`zaro almashinuvlarni yo`lga qo`yish bo`yicha olib boriladi.






