Bugun soat 13 dan 49 daqiqa o`tganda Toshkent metropolitening Novza bekatining ikkinchi yo`liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to`satdan tushib ketdi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berdi.
Metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati tufayli talaba o`z vaqtida qutqarib olindi va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborildi.
Talaba shifoxonaga ketishdan oldin o`zining tobi qochganligi tufayli shunday voqea sodir bo`lganligini va metropoliten xizmatining voqeada aybi yo`qligini ta`kidlagan.






