AsosiyJinoyat

​Qashqadaryoda kelin qaynotasiga qaychi bilan jarohat etkazdi

'​Qashqadaryoda kelin qaynotasiga qaychi bilan jarohat etkazdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida noxush voqea yuz berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, shu yil 25 sentyabr kuni “H.Olimjon” MFYda yashovchi L.T. ismli ayol uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashovchi qaynotasi A.R.ga qaychi bilan jarohat etkazgan. Natijada A.R. kasalxonaga yotqizilib, L.T. qo`lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar