AsosiyJamiyat

Selfi toshkentlik o`smir o`limiga sabab bo`ldi

'Selfi toshkentlik o`smir o`limiga sabab bo`ldi'ning rasmi

Toshkentdagi maktablardan birining 8-sinfida o`qigan o`smir "ekstrim selfi" qurboni bo`ldi. Bu haqida Bosh prokuraturaning "Huquq" nashrida xabar berildi.

Ismi oshkor etilmagan o`quvchi ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlarini hayron qoldirish maqsadida ekstremal holatda "celfi" qilish – o`zini suratga olishga qaror qilgan. Shu maqsadda u temir yo`l bekatiga yashirincha kirib, dastlab poezd yonida va unga osilgan holda suratga tushgan. Yanada ekstremal holatda “celfi” qilish uchun poezd vagoni tepasiga chiqqan o`smir yuqori kuchlanishli elektr toki simiga tegib ketgan.

Kuchli tok urishi oqibatida o`smirning tanasi kuyib ketgan. Shifokorlarning sa`y-harakatiga qaramay, o`smir vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar