1

Surxondaryoda voyaga etmagan qiz zo`rlanib, bo`g`ib o`ldirilgan

Jinoyat 29.09.2018, 14:40
Surxondaryoda voyaga etmagan qiz zo`rlanib, bo`g`ib o`ldirilgan

2018 yil 25 sentyabr kuni soat 21:30 larda Uzun tumani, “Malandiyon” mahallasida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan yashash uyi erto`lasidan T.A.ning voyaga etmagan qizi Sh.A. ning jasadi tan jarohatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, fuqaro A.X. 2018 yil 25 sentyabr kuni qarindoshining uyida ta`mirlash ishlarini ertalab taxminan 08-00 larda boshlab, shu kuni soat 13-00 larda birga ishlayotgan ikki nafar sheriklari bilan tushlik qilib, bir shisha aroq ichib, shundan so`ng soat 14-50 chamasida qarindoshi F.Sh. ning qo`shnisi T.A. ning yashash uyiga borib, uning qizi Sh.A. bilan uyining erto`lasida kizning qarshiligiga qaramasdan jinsiy aloqada bo`lib, nomusiga tegib, sung qasddan bo`g`ib o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 26 sentyabr kuni JKning 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1