AsosiyJamiyat

Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz haydovchisi ushlandi

Majburiy ijro byurosi ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent shahar 2-tumanlararo bo‘limi ish yurituvida IIVB YHXB tomonidan chiqarilgan qarorlar asosida qarzdorlikka oid ijro hujjatlari mavjud bo‘lgan.

'Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz haydovchisi ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini muntazam buzib kelgan Matiz avtomobili jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Aniqlanishicha, 2024 yil aprel oyidan buyon ushbu avtomobil bilan yo‘l harakati qoidalari tizimli ravishda buzilib kelingan. Natijada haydovchiga nisbatan 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilib, 311 million so‘mdan ortiq qarz yig‘ilgan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalarni to‘lamasdan kelgan va qarz yillar davomida oshib borgan. Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil aniqlanib, 15 may kuni jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar