Jizzaxda mansabdor shaxs pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 05.10.2018, 10:46
Jizzaxda mansabdor shaxs pora bilan qo`lga tushdi

Jizzax viloyat Moliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sh.K. 1200 AQSh dollari va 4 mln. so`m pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari ma`lumotiga tayanib Sangzor nashri xabar tarqatdi.

Jizzax shahrida ro`yxatdan o`tkazilgan “Dilorom-Shahrizoda” MChJning Paxtakor tumanidagi “Shodlik” maktabgacha ta`lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo`yicha 2018 yil fevral oyida viloyat nazorat taftish boshqarmasi tomonidan tekshiruv o`tkazilgan.

Tekshiruv natijasida, aniqlangan 36 mln. so`mlik kamomadni yopib berish evaziga Jizzax viloyat Moliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sh.K. firma rahbari X.X.dan 1200 AQSh dollari va 4 mln. so`m pullarni pora sifatida olgan. Bundan tashqari, Sh.K. o`z hovlisida hammom quraman deb, X.X.dan 1000 dona shlakoblok, 1 tonna sement va 12 dona shifer olgan.

Ammo viloyat Moliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sh.K. “Dilorom-Shahrizoda” MChJning kamomadini yopa olmagach olgan pullarini bir qismi 1,5 mln. so`mni moliya boshqarmasi arxivariusi E.G. orqali X.X.ga 2018 yil sentyabr oyi boshida qaytarayotgan vaqtida viloyat DXX boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda jinoyat ustida qo`lga olindi.

Hozirda, Sh.K.ga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1