Samarqandda kollej o`quvchisi qotillika qo`l urdi

Jinoyat 05.10.2018, 14:53
Samarqandda kollej o`quvchisi qotillika qo`l urdi

2018 yil 3 oktyabr kuni Samarqand viloyatida kollej o`quvchisi jinoyat sodir etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Payariq tumanida yashovchi Chelak transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o`quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog`ida joylashgan dala maydonida o`zaro janjal sababli tanishi Bahor mahallasi Bolta-1 qishlog`ida yashagan A.S.ning qorin va ko`krak qismlariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada A.S. kasalxonaga keltirilganida halok bo`lgan. B.E. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1