Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining tashabbusi bilan yana bir Nobel mukofoti laureati AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori, kimyo bo`yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarning yurtimizga tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Professor Aziz Siddiq 15-22 oktyabr kunlari yurtimizda tashrif bilan bo`lib, taniqli professor ishtirokida “Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman, kimyo yo`nalishida tahsil oluvchi bakalavr va magistrlar uchun onlayn ma`ruza hamda O`zbekiston milliy universitetida molekulyar biologiya laboratoriyasining ochilish marosimi rejalashtirilgan.
Aziz Sanjar 2015 yili Tomas Lindal va Pol Modrichlar bilan birgalikda DNK ni tiklash mexanizmlarini tadqiq etgani uchun kimyo bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan edi.






