AsosiyDunyo

"Kelajak investisiya tashabbusi" forumi o`z ishini boshladi

'"Kelajak investisiya tashabbusi" forumi o`z ishini boshladi 'ning rasmi

Saudiya Arabistonining Riyod shahrida "Kelajak investisiya tashabbusi" nomli forum o`z ishini boshladi, deya xabar berdi Vesti nashri.

Unda dunyoning etakchi davlatlaridan kelgan 4000 nafar investorlar ishtirok etishmoqda. Shuningdek, yana yuzdan ortiq xorijlik ekspretlar ham mehmon sifatida kelishdi. 3 kun davom etadigan tadbir doirasida transformasiya, investisiya, texnologiya va inson salohiyatini rivojlantirish kabi maslalalar muhokama qilinadi. “Kelajak investisiya tashabbusi” butun Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik investisiya forumi sanaladi. Aksariyat evropalik va amerikalik amaldorlar Jamol Qoshiqchi voqeasi tufayli mazkur forumda qatnashishdan bosh tortishgan.

    Boshqa yangiliklar