AQShning Nyu-Jersi shtatida adenovirus oqibatida 6 nafar bola hayotdan ko`z yumdi, deya xabar qildi Yandex nashri.
Shuningdek, yana 12 bolada kasallik alomatlari aniqlangan va ular shifoxonalarga joylangan. Adenovirus yosh bolalar orasida kuzatiladigan virusning bir turi bo`lib, kasallik immunitet tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va uni keskin tushirib yuboradi. Hozirda reabilitasiya markazi kasallikka qarshi kurash choralarini ko`rmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi markaz bilan hamkorlikda infeksiyani oldini olish uchun virusga qarshi emlashni boshlashgan.






