Xitoyning Gongkong, Makao va Guangdong provinsiyasining Chjuxay shahrini bog`lovchi dunyodagi eng uzun dengiz ko`prigi ishga tushdi, deya ma`lum qilmoqda Layf nashri.
Uning uzunligi 55 km.ni tashkil etadi. Gongkong va Guangdong provinsiyasini ko`prik bilan bog`lash g`oyasi 1980-yillar oxirida paydo bo`lgan, ammo yigirma yildan ko`proq vaqt mobaynida ehtimoliy loyihalardan biri bo`lib qoldi. Qurilish ishlari esa 2009 yil dekabr oyida boshlangan. Mazkur yangi ko`prik Gongkongdan Chjuxaygacha bo`lgan masofani uch soatdan 30 daqiqagacha qisqartiradi. Po`lat ko`prikning og`irligi 400 ming tonnani tashkil etadi. U 120 yilgacha xizmat ko`rsatishi kerak va soatiga 300 kilometr shamol tezligi va juda kuchli 8 magnitudali zilzilaga bardosh beradi.






