1

Patrik Vieyra: Roy Kin bilan mushtlashganimda, qiyinchilik bilan bo`lsa-da, uni urgan bo`lardim

Sport 17.10.2014, 14:41
Patrik Vieyra: Roy Kin bilan mushtlashganimda, qiyinchilik bilan bo`lsa-da, uni urgan bo`lardim

"Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra "Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kinning gaplariga izoh berdi. Kin o`z kitobida Vieyra bilan mushtlashgan taqdirda, yutqazishi ehtimoli bo`lganini tan olgan edi.
"Men Kinning kitobini o`qimadim, ammo u haqida ko`p narsalar eshitdim. Agarda u bilan o`z vaqtida mushtlashib qolganimizda, menimcha uni engish uchun ancha mehnat qilishga to`g`ri kelardi. O`shanda mening ham bir-ikki joyimga zahm etishi mumkin bo`lardi.
Roy o`z kitobida bu qadar ochiq yozganiga hayron emasman. Chunki u bu kitobni ham xuddi futbolni qanday o`ynagan bo`lsa, shunday yozgan. Unign uchun nisbiy hech narsa yo`q, yo hamma narsa bo`lishi kerak, yoki umuman bo`lmasligi kerak. Menimcha bu kitob uning tabiatini ochib beradi.
Ikkimiz ham qat`iy edik va g`alaba ishtiyoqidao`ynardik. Boz ustiga o`z jamoamiz etakchilari edik. Shu sababli unga qarshi to`p surishni yoqtirardim. Maydonda biz jang qilardik, ammo o`yindan so`ng bir birimizga bo`lgan hurmat yana joyiga qaytardi", - deydi Vieyra.

Manba: www.soccer.ru   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1