AsosiyShou-biznes

Ben Afflek Betmen obrazida namoyon bo`ladi

Kecha, 16 oktyabr kuni Warner Bros. Kompaniyasi 2020 yilgacha suratga olinib, katta ekranlarga chiqariladigan filmlar ro`yxatini chop ettirdi. Unda “Adolat ligasi” nomli Betmen ishtirokidagi film suratga olinadi va unda Betmen rolini mashxur Gollivud yulduzi Ben Afflek gavdalantiradi. Spletnik.ru nashri xabar beradi.

Eslatib o`tamiz, dastlab Betmen haqidagi filmlarda bosh rolni Bryus Ueyn ijro etardi. Kinoijodkorlar tomonidan Ben Afflekning ushbu rolga taklif qilinishi omma o`rtasida turli fikrlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Afflek esa bu holatni odiiy holat sifatida qabul qildi.

“Do`stlarim Betmen rolida sening noming e`lon qilingach, bir necha kun davomida ijtimoiy tarmoqdarga kirmay turishing kerak deyishgandi”, deydi o`z intervyusida Ben Afflek.

    Boshqa yangiliklar