AsosiySport

Paraosiyo o`yinlarida 27 sportchi ishtirok etadi

2014 yilning 18-24 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida Paraosiyo o`yinlari bo`lib o`tadi. Unda 42 davlatdan kelgan 4000dan ortiq sportchi birinchilik uchun kurash olib borishadi.

16 oktyabr kuni olimpiya qishlog`ida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ko`tarish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi UzReport.

Unda mamlakatimiz sport delegasiyasi, tadbir tashkilotchilari ishtirok etdi.

Ushbu musobaqalarda o`zbekistonlik 27 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular engil atletika, dzyudo, suzish va o`q otish kabi sport turlarida qatnashishadi.

    Boshqa yangiliklar