2016 yilda Demokratik partiya tomonidan AQSh prezidentligiga nomzodi qo`yilgan Xillari Klinton 2020 yilda o`tkaziladigan saylov kampaniyasida ishtirok etishini ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Prezidentlikka nomzodini qo`yish bo`yicha berilgan savolga avvaliga Xillari Klinton aniq javob bermadi, biroq bir necha muddatlik jimlikdan keyin “prezident bo`lish niyatidan qaytmagan”ligini ma`lum qildi.
2017 yilning sentyabr oyida Klinton endi hech qachon prezidentlikka nomzodini qo`ymasligini, mag`lubiyat alami hali ham uni tark etmaganligini bildirgan edi.






