AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiyani Yamanning barcha aholi punktlariga aviazarbalar berishni to`xtatishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
AQSh davlat kotibi Yamandagi ixtilofga chek qo`yish va qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etish maqsadida “uchinchi davlatda” Yaman bo`yicha muzokaralar olib bormoqda. Yamanda hukumat va husiylar o`rtasidagi ixtilof 2014 yildan beri davom etib kelmoqda. Bu esamamlakatni keskin gumanitar inqirozli holatgaolib kelgan. BMT ma`lumotlariga ko`ra, Yamanda 18 mln. kishi ochlikdan azob chekmoqda.Pompeoning qayd etishicha, noyabr oyida BMTning maxsus vakili bilan birga maslahatlashuvlar boshladi.






