Fransiyaning Korsika oroligatropik to`fon yopirildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Hududda soatiga 150 km. tezlikda esgan shamol daraxt va ustunlarni ag`dargan. Shuningdek, bo`ron 20 mingdan ortiq uylarni elektr energiyasisiz qoldirgan. Yomg`irning shiddatli yog`ishi sabab dengizdagi kemalar portga chaqirtirib olinmoqda. Hukumat esa odamlarni uylaridan chiqmaslikka chaqirdi. Hozircha aholi punktlaridan fuqarolarni evakuasiya qilish tartibi joriy etilganicha yo`q.






