Xabar berganimizdek, Moskva shahrida Havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA)ning hisobot-saylov Kongressi bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Bugun Kongressning ikkinchi kunidagi eng muhim masala bu shubhasiz AIBA prezidentligiga bo`ladigan saylovdir. Tashkilot rahbarligiga o`zbekistonlik G`ofur Rahimov hamda qozog`istonlik Serik Kanakbaev o`z nomzodlarini qo`yishgan.
Ayni paytda G`ofur Ahmedovich Rahimov AIBA rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kanakbaev esa Osiyo boks Konfederasiyasi prezidenti bo`lib turibdi. Bugungi saylovda G`ofur Rahimovga omad tilaymiz.






