Konrad Maldiv Rangali orolida dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi.
Hind okeanida 5 metrcha suv ostida qurilgan yangi mehmonxona boshqalariga o`xshamaydigan qulaylik va ko`rinishga ega. Ushbu mehmonxonaga mahalliy xalq tilida “Muraka” ya`ni “marjon” ma`nosini anglatuvchi nom berildi.
Mehmonxonaning yotoq, dush va boshqa odatiy qismlariga qo`shimcha ravishda, har bir xona uchun alohida sport zal, bar, hovuz, alohida xizmat ko`rsatuvchi kishi, okeanga qaragan vanna va eng muhimi okean ostidagi yotoqxona mavjud bo`lib bularning barchasi ajoyib ko`rinishlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.
Mehmonxonaning tomi suvdan yuqorida joylashgan bo`lib unda bemalol quyoshda toblanish mumkin.
Narxlar haqida to`xtaladigan bo`lsak, mehmonxonada bir kecha tunash 50 ming dollar turadi (eng asosiysi siz mehmonxonada bir kecha tunash uchun buyurtma berolmaysiz, kamida to`rt kechaga buyurtma berish mumkin ya`ni 200 ming dollar). Ushbu summa mehmonlar uchun alohida oshpaz va ko`ngli tusagan ovqat, shuningdek, okean bo`ylab maxsus qayiqdan foydalanishni ham o`z ichiga oladi.








