AsosiyDUNYO

Trump yangilangan 100 dollarlik banknota tasvirini namoyish qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida o‘z surati tushirilgan 100 dollarlik banknota maketini joylashtirdi.

'Trump yangilangan 100 dollarlik banknota tasvirini namoyish qildi'ning rasmi

Tasvirda an’anaviy Benjamin Franklin o‘rniga Trumpning portreti aks ettirilgan. Shuningdek, «Federal g‘alaba banknoti» deb nomlangan ushbu kupyura Trump uslubiga xos elementlar bilan bezatilgan. 

Banknotda seriya raqamlari o‘rniga “TRUMP2024” va “TRUMP4547” kabi yozuvlar, shuningdek prezidentning shaxsiy imzosi moliya vaziri imzosi o‘rnida keltirilgan.

Orqa tomonida esa an’anaviy “In God We Trust” ("Biz Xudoga ishonamiz") shiori o‘rniga “God Bless Donald Trump” ("Xudo Donald Trumpni asrasin") yozuvi aks ettirilgan.

    Boshqa yangiliklar