Amnesty International - huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkiloti Myanma rahbari Aun San Su Chjuni «Vijdon elchisi» mukofotidan mahrum etdi.
Amnesty International bosh kotibi Kumi Naydu Aun San Su Chji Myanma harbiy hukumati tomonidan musulmon-rohingyalarga nisbatan qilingan genosidni to`xtatish uchun «o`z siyosiy va axloqiy nufuzi»dan foydalanmaganini ta`kidlab o`tgan.
Aun San Su Chjiga «Vijdon elchisi» mukofoti 2009 yilda topshirilgandi. U shuningdek Tinchlik uchun Nobel mukofoti va boshqa oliy darajadagi unvonlar bilan taqdirlangan.
Aun San Su Chji bungacha ham rohingyalar genosidi uchun tanqidga uchragandi. Shu tufayli u 2018 yil boshida Kanada fuqaroligidan mahrum bo`lgandi.






