Professional boksning superog`ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuriga AQShga kirish uchun viza taqdim etilmadi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri.
Jon Fyuri 2011 yilda bezoriligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan. O`shanda u bir erkakning ko`zini deyarli o`yib olgan edi. Sud Jonning bu qilmishi uchun 11 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgan. Lekin keyinchalik bu muddat 4 yilga tushirilgan. AQSh aynan shu qilmishi uchun Jon Fyuriga viza bermadi.
Eslatib o`tamiz, Tayson Fyuri 1 dekabr kuni AQShning Los-Anjeles shahrida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga ko`tariladi.






