1

Samarqandd ayol o`z erini urib o`ldirdi

Jinoyat 17.11.2018, 21:40
Samarqandd ayol o`z erini urib o`ldirdi

Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanida 2018 yilning 13 noyabr kuni Buloqboshi mahallasida yashagan 32 yoshli F.K. tanjarohati bilan behush holda kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 15 noyabr kuni vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yilning 9 noyabr kuni marhum F.K. uyida birga yashovchi turmush o`rtog`i Yu.Ya. bilan o`zaro janjallashayotgan vaqtlarida shu mahallada yashovchi U.O`. ularni ajratmoqchi bo`lib, tog`asi F.K.ning orqasidan itarib yuborishi natijasida u boshi bilan temir krovatga urilib jarohat olgan. 13 noyabr kuni esa F.K. turmush o`rtog`i Yu.Ya. bilan takroran janjallashgan vaqtlarida ayol erining boshiga tayoq bilan urgan vaqtida hushini yo`qotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Yu.Ya. va U.O`.lar ushlanganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1