AsosiyDunyo

Xitoy va AQSh kelisha olmadi

'Xitoy va AQSh kelisha olmadi 'ning rasmi

Papua-Yangi Gvineyada APEC Osiyo va Tinch okean mintaqasi davlatlarining navbatdagi sammiti yakunlandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

1993 yildan buyon muntazam o`tkazib kelinayotgan sammit yakunlariga ko`ra, ilk marta deklarasiya qabul qilinmadi. Bunga sabab Xitoy va Amerika Qo`shma Shtatlarining jahon savdosi prinsiplari ustida bahslashib qolgani bo`ldi. APEC etakchilari turli tahdidlar mavjudligini tan olishdi. Ular tovarlar hamda xizmatlar savdosi masalasiga doir ziddiyatlar borligini ham e`tirof etishgan. 2019 yilda o`tkaziladigan keyingi sammit esa Chilida bo`lib o`tishi kelishib olingan.

    Boshqa yangiliklar