AsosiyJamiyat

Toshkent shahar prokuroriga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Toshkent shahar prokuroriga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Narimov Ikrom Toshkent shahar prokurorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tegishli buyruqni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 2018 yilning 19 noyabr kuni imzoladi, deb xabar qildi prokuratura matbuot xizmati.

Ikrom Narimov 1971 yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug`ilgan, ma`lumoti oliy-huquqshunos, 1993 yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2013 yilda Bosh prokuratura Oliy o`quv kurslarini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlab, keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tizimida turli lavozimlarda ishlab, Toshkent aviasiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yilning yanvar oyidan buyon O`zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar