AsosiyJamiyat

Toshkentda Yoshlar Media-forumi va «Ozod yurt to`lqinlari» XI an`anaviy media-festivali bo`lib o`tdi

'Toshkentda Yoshlar Media-forumi va «Ozod yurt to`lqinlari» XI an`anaviy media-festivali bo`lib o`tdi'ning rasmi

Joriy yilning 21 noyabr kuni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashkil etilganining 15yilligiga bag`ishlab XI an`anaviy media-festival bo`lib o`tdi.

«Ozod yurt to`lqinlari» media-festivalidan ko`zlangan asosiy maqsad istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholimizning keng qatlamlariga etkazish, bu yo`nalishda nodavlat teleradiotarmoqlarda samarali mehnat qilayotgan jurnalist va texnik xodimlarni rag`batlantirishdir.

Media-festivalO`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha parlament komissiyasi moliyaviy ko`magidava bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o`tkazildi.

«Ozod yurt to`lqinlari» XI an`anaviy media-festivali «Kelajak bugundan boshlanadi» shiori ostida tashkil etilib, yangi formatda o`tkazildi. Bu, birinchi navbatda, yangicha ko`rinishdagi ijodiy yoshlar tomonidan tayyorlangantaqdimotlarda o`z ifodasini topdi.

Nodavlat teleradiokompaniyalarining eng yaxshi mutaxassislarimilliy jurnalistikamiz rivojiga qo`shgan xissalari uchunyil natijalariga ko`ra bir qator nominasiyalar bo`yicha taqdirlandi.

Shular jumlasidan «Innovasion yondashuv uchun», «Oilaviy qadriyatlar doim trendda», «Tezkor, aniq va batafsil», «Markazda yoshlar», «Hududda etakchi», «O`zEOAVMAning eng yaxshimedia-loyihalari»nominasiyalari. Shuningdek, ijodiy yoshlar «2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yichaHarakatlar strategiyasini yoritishda faol hamkorligi uchun», «Nodavlatteleradiouzatuvchilar rivojiga qo`shayotgan hissasi uchun», «O`zEOAVMA bilan ishonchli va uzoq yillik hamkorligi uchun», «Bolalar va yoshlar yo`nalishidagi faol hamkorlik uchun», «O`zEOAVMA bilan samarali ijtimoiy sheriklik uchun» nominasiyalari bo`yichabaholandi. G`olib va sovrindorlar «onlayn» tarzida ovoz berish bilan aniqlandi, uning natijalariga ko`ra, eng munosiblari «Ozod yurt to`lqinlari» haykalchalari, diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Festival doirasida «O`zbekiston nodavlat ommaviy axborot vositalari: kelajak chaqiriqlari va rivojlanish istiqbollari» mavzuida xalqaro konferensiya vaYoshlar media-forumi o`tkazildi.

Xalqaro konferensiyaning asosiy g`oyasi- jamiyat hayotida tobora o`z mavqeini egallab borayotgan nodavlat ommaviy axborot vositalari faoliyatini qo`llab-quvvatlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosida faol ishtirokinita`minlash, shuningdek, nodavlat ommaviy axborot vositalari mustaqilligini mustahkamlash, erkin va samarali faoliyat yuritishi yo`lida zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdir.

Media-festivalda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, O`zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbar vavakillarihamda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari, O`zEOAVMA gaa`zo 50 dan ortiq nodavlat teleradiostansiyalar direktorlari, bosh muharrirhamda ijodiy xodimlari ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari sessiyalardao`tkazilgan «Bolalarni tarbiyalash va ularning rivojlanishidagi OAVning keng ko`lamdagi faoliyati», «Mustaqil jurnalistikaning rivojlanishi:O`zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot», «OAV, hukumat va fuqarolik jamiyati manfaatlarini ta`minlashdagi o`zaro uyg`unlik», «Parlament komissiyasi fuqarolik jamiyatiinstitutlarini qo`llab-quvvatlash vositasi», «Xalqaro media standartlariningasoslari. Germaniya tajribasi»O`zEOAVMA hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligi natijalariga oidmasalalar muhokamalarida qatnashdi.

Anjumanda nodavlat ommaviy axborot vositalarining demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurilishdagi roli muhokama etildi, bu borada xalqaro tajribalar tahlil etildi, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yoshlar media-forumida O`zEOAVMA hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamkorligi natijalari, 2019 yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, bir qator dolzarb masalalar muhokamasi bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar