AsosiyDunyo

Fransiya jahondagi eng yirik vino ishlab chiqaruvchi davlat maqomini qaytarib oldi

Fransiya vino ishlab chiqarish bo`yicha jahondagi eng etakchi mamlakat maqomini yana o`ziga qaytarib oldi, deya xabar bermoqda kun.uz Associated Press axborot agentligi ma`lumotiga tayangan holda.

Fransiyada 2014 yilda 46,2 million gektolitr – ya`ni, 6 milliard shisha hajmda vino tayyorlanishi kutilmoqda. Bu o`tgan yilgi natijalarga nisbatan 10 foizga ko`p.

2012 va 2013 yillarda vino ishlab chiqarish bo`yicha jahonda birinchi bo`lgan Italiyada esa 2014 yilda hosil kam bo`lgani munosabati bilan 44,4 million gektolitr vino ishlab chiqariladi.

2014 yilda 37 million gektolitr vino tayyorlashi kutilayotgan Ispaniya esa uchinchi o`rinni egallab turibdi. Ispanlar vino ishlab chiqarish bo`yicha 2013 yilda 2-o`rinni egallashgan edi.

Umuman, 2014 yilda jahon bo`yicha 271 million gektolitr vino ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar