AsosiyShou-biznes

San`at olamidagi yilning eng nufuzli odami nomi e`lon qilindi

ArtReview jurnali zamonaviy san`at olamidagi eng nufuzli shaxslar an`anaviy yillik reytingini e`lon qildi. 2014 yilgi reytingda Teyt muzeylari va galereyalari direktori Nikolas Serota (Nicholas Serota) birinchi o`rinni egalladi. Serota 2002 yildan beri ArtReview reytingining kuchli o`nligidan joy olib keladi, deb yozadi kun.uz

Ro`yxatda ikkinchi o`rin amerikalik art-diler va galereyalar egasi Devid Svirner (David Zwirner)ga nasib etdi. Uchinchi o`rinni esa shveysariyalik galereyachi Iven Virt (Iwan Wirth) egalladi.

«Nikolas Serota rahbarligida Teyt jahon san`at bozoridagi haqiqiy vaziyatni – asarlarning tarqalishi ularni ishlab chiqarishdan ko`ra muhimroq ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib bera oldi. Teyt nafaqat rassomlarni, balki kolleksionerlarni ham tasdiqlaydi», – deyiladi jurnaldagi maqolada.

Teyt guruhi Teyt Modern, Teyt Briten, Teyt Sent Ayvz, shuningdek, Teyt Liverpulni birlashtiradi.

ArtReview’ning 2013 yilgi reytingida Qatar amirining singlisi, Qatar muzeylar boshqarmasi rahbari Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa al-Taniy birinchi bo`lgandi.

Nikolas Serota 1988 yildan beri Teytga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning qo`l ostida Teyt Modern jahondagi eng ko`p tashrifchiga ega zamonaviy san`at muzeyiga aylandi. 2013 yili muzeyga 4,8 milliondan ortiq mehmon tashrif buyurdi. 2014 yili muzeyda tarixdagi eng ko`p tashrifchiga ega bo`lgan ko`rgazma bo`lib o`tdi – Anri Matissning qog`ozdan tayyorlangan asarlarini tomosha qilish uchun 562,6 mingdan ortiq kishi keldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar