AsosiyDunyo

BMT Bosh kotibi Janubiy Koreya prezidentiga aylanishi mumkin

Lavozimi muddati 2016 yil dekabrigacha bo`lgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munga navbatdagi ish o`rnini topib berishdi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua. So`rovlar natijalariga ko`ra, vatandoshlari u Janubiy Koreyaning navbatdagi prezidenti bo`lishini istaydi.

Pan Gi Mun BMTni ketma-ket ikkinchi besh yillik muddat bilan boshqarmoqda. Ushbu muddat 2016 yilda yakunlanadi va xalqaro tashkilot qoidalariga ko`ra, u bu lavozimga qayta saylana olmaydi.

Janubiy Koreya prezidentligiga saylovlar esa 2017 yil oxirida bo`lib o`tadi. Avvalroq Pan Gi Mun Janubiy Koreya tashqi iqtisodiy idorasida ishlab tashqi ishlar vaziri lavozimigacha etib borgan.

Hangil Research tadqiqot jamg`armasi so`rovlari Janubiy Koreya aholisining 39,7 foizi Pan Gi Munni mamlakatning bo`lg`usi prezidenti sifatida ko`rishni istashini ma`lum qildi. Uning raqobatchilari bundan 3—4 barobar kamroq natija ko`rsatgan.

Manba: daryo.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar