“Jizzax” axborot portali xabar berishicha, viloyatda besh oyoqli qo`zichoq tug`ilgan. Qo`zichoqning tumshug`i quyonning tumshug`iga o`xshashligi, peshonasida juni yo`qligi va jonivor ikki jinsli ekanligi aytilmoqda.
Xabarda qo`zichoq Jizzaxning qaysi tumanida, qachon tug`ilganligi haqida ma`lumotlar yo`q. Mazkur xabar esa portalga shu yilning 22 oktyabr kuni joylangan.





