Chili poytaxti Santyagoda yovuz niyatli odamlar to`rt million dollar ortilgan yuk mashinasini olib qochishdi. Jinoyat avvaldan rejalashtirilgan. Bosqinchilardan biri xavfsizlik xodimini chalg`itgan va prezident rezidensiyasi La-Monedadan unchalik uzoq bo`lmagan joyda turgan mashina kabinasiga chiqib olgan.
Keyin esa jinoyatchi haydovchiga oilasining rasmini ko`rsatib, uning shartlarini bajarmasa, oila a`zolari jabr ko`rishini aytgan.
Bosqinchi mashinani metalni qayta ishlash sexi hududiga haydashni talab qilgan. O`sha erda jinoyatchilar mashinadan pullarni olgan va yashirishgan, deya xabar bermoqda TASS.





