AsosiyJamiyat

​Bolajonlar uchun yangi yil tomoshalari: qachon, qaerda va qanchadan?

'​Bolajonlar uchun yangi yil tomoshalari: qachon, qaerda va qanchadan?'ning rasmi

Qish fasli kirib kelishi bilan Yangi yil bayramiga taraddudboshlanadi. Bu bayram ayniqsa bolalar uchun alohida ahamiyatga ega. Ota-onalar esa ta`tilga chiqqan bolajonlariga bayramona kayfiyat bag`ishlash uchun ularni turli bayram tomoshalariga olib borishni istashadi. Ushbu sahifamiz aynan shunday ota-onalar va bolalar uchun qo`llanma bo`lsa ajabmas. Quyida poytaxtda tashkillashtirilayotgan ayrim bayram tomoshalari bilan tanishishingiz mumkin.

BOLALAR UChUN YaNGI ASAR

Spektakl 25 dekabrdan 10 yanvarga qadarnamoyish etiladi

O`zbek Milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasi uzoq yillardan buyon aynan Yangi yil bayrami uchun bolalar spektakli sahnalashtirib kelishadi...

Bu yil O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Farhod Abudullaev boshchiligidagi aktyorlar jamoasi bayram arafasida bolalar uchun “Kuch adolatda” spektaktlini sahnalashtirishmoqda.

Farhod Abdullaev: Bayramga bag`ishlab sahnalashtirilayotgan ushbu asarni Birinchi Prezidentimiz — Islom Karimovga bag`ishladim. Ular yozgan kitoblarda va xalqimiz bilan bo`lgan ko`pgina uchrashuvlarda, haqiqiy kuch adolatda ekanini qayta-qayta ta`kidlaganlar. Shuning uchun men haqiqatdan ham “Kuch — adolat”da ekanini bolalarga voqealar davomida isbotamoqchiman.

Vaqti: 10:00, 12:00, 14:00

Chipta narxi: 10 000 so`mdan 12 000 so`mgacha.

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun: (0371) 244 17 51.


BIR VARAKAYIGA UCh TOMOShA

Tomoshalar 22 - 30 dekabr kunlari bo`lib o`tadi.

O`zbekiston musiqali komediya (operetta) teatrining ijodiy jamoasi bolajonlarga “O`yin tugadi” musiqiy hikoyasi, “Yangi yil nuri” retro konsert hamda “Salom, Yangi yil” musiqiy chiqishini taqdim etadi.

“O`yin tugadi” (60 daqiqa)

Yangi yil arafasida Aziz va Yulduzning kompyuter o`yinlari virtual maydoniga kirish istagi paydo bo`ladi. Ammo unday olam mehmoni bo`lgachu erdagi to`siqlarini ko`rib, yaxshisi — yaqinlari bilan yangi yilni kutib olish ekanligini tushunib etishadi.

AKTYoRLAR VA IJRO ETUVChILAR:

Aziz – S.Xalimov, I.Baronin, S.Saliev

Yulduz – M.Vostreykina, F. Safarova

Muz Maidan – V.Rudzinskaya, Z.Tupikova

Vitcher – B.Usmonov, N. Hanov

Altair – F.Safarov, B.Cho`liev, D.To`xtanazarov

Lara – D.Soerzdanova, N.Baratova

Chayonlar – A.Shayakubov, N.Nurmonov

Mario – S.Saliev, M.Volanskiy, S.Nurushev

San`atkorlarning epizodlari va raqs sahnalarida xor va balet teatri ishtirok etadi.

Vaqti: 11:00, 13:00, 15:00


“Yangi yil nuri” retro konsert (1 soat 30 daqiqa)

Ushbu konsert esa bolajonlarning mazza qilib raqs tushishlari va birgalikda qo`shiq kuylashlariga imkon yaratadi.

“Salom, yangi yil” Yangi yil arenasida musiqiy chiqish (45 daqiqa)

Koschey bayramni buzish va barcha sovg`alarni olish uchun qaror qabul qiladi. Qorqiz va ota Frost Koscheyga o`z rejalarini bajarishga va uni to`g`ri yo`naltirishga imkon bermaydi. Va uni dumaloq raqslar olib boradigan bayramga chaqiradi. U yangi yil qo`shiqlarini kuylaydi va chiroqlar bilan nurni yoritadi. Bu tomoshalarning barchasibolalar yordam amalga oshiriladi.

AKTYoRLAR VA IJROChILAR:

Santa Klaus – M.Repezov, T.Mustafin

Qorqizbarbosh – Z.Hamdamova, D.Urunova

Koschey – A.Nuritdinov, M.Buxarova, T.Karimov

Raven – N.Egamberdiev, I.Aligonov

Chipta narxi – 18000 dan 30000 minggacha sotilmoqda.

Qo`shimcha ma`lumot uchun: (71) 273-85-91, (71) 273-85-29


MING BIR KEChA

Tomoshalar 2018 yilning 25 dekabridan 2019 yilning 10 yanvarigacha bo`lib o`tadi.

O`zbekiston davlat drama teatri ham bolajonlarni xursand qilish niyatida. Teatr jamoasi “Ming bir kecha” musiqiy ertak tomoshasini aynan siz uchun tuhfa qilishadi.

Vaqti: 12:00, 14:00

Chipta narxi: 15000 dan 20000 minggacha

Qo`shimcha ma`lumot uchun: (71) 244-11-70, (94) 666-51-08


YaNGI YIL MO`JIZALARI

Tomosha 2018 yilning 25 dekabridan boshlanib 2019 yilning 10 yanvarigacha davom etadi.

O`zbekiston Davlat qo`g`irchoq teatrida ham ajoyib tantana o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bayram dasturi 2 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolajonlarga mo`ljallangan. Toshosha ikki tilda — rus va o`zbek tillarida ko`rsatiladi.

Ma`lumot o`rnida:

  • Kunning toq kunlari o`zbekcha, qolgan juft kunlari esa ruscha taqdim etiladi.

Vaqti: 10:00, 12:00

Chipta narxi: 10000 so`m.

Qo`shimcha ma`lumot uchun: (71) 256-73-95


BAYRAMONA “KVEST”

Bayram 21 dekabrdan 10 yanvarigacha bo`lib o`tadi

Poytaxtimizning Amir Temur ko`chasida joylashgan Toshkent Politexnika muzeyi bolajonlar uchun ajoyib tomosha uyushtirmoqda. Bayram davomida yayrab dam olishadi va aql charhlaydigan o`yinlardan bahramand bo`lish mumkin.

Bayram “kvest”ida 4 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalar qatnashish imkoniyatiga ega.Kvest shartiga ko`ra bolajonlar 2018 va 2019 raqamlarini izlashadi so`ng turli hil aqlni charhlovchi savol-javoblarda qatnashadilar. Bayramda multifilm qahramonlari ham ishtirok etadilar va yangi yilni dastur rejasiga ko`ra qutqarishga harakat qilishadi.

Tomosha vaqti: 12:00, 14:00

Chipta narxi: 25000 (sovg`asiz), 200 ming so`m (sovg`ali)

3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun kirish bepul. Ular uchun bolalr maydonchasida qiziqarli bayramona dasturlar o`tkaziladi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun: (71) 232-34-30


“YaNGI YIL QO`ShIQLARI”

Tomoshalar 27-30 dekabr, 2 -3 yanvar kunlari bo`lib o`tadi

Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog`i tashkilotchilari bolalarning qishki ta`til kunlarini maroqli o`tkazish maqsadida, bog`ning kichik sahnasida bayram dasturini sahnalashtirishni rejalashtirishgan...

Bir soat davom etadigan teatrlashtirilgan “Yangi yil qo`shiqlari” konsert dasturida O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansanbli hamda Respublika Yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari ishtirok etadi.

Vaqti: 10:00, 12:30, 15:00 da bo`lib o`tadi.

Chipta narxi: 10 000 dan 15 000 so`mgacha istirohat bog`i kassalarida sotilmoqda.

Darvoqe, 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun kirish bepul.

Qo`shimcha ma`lumot uchun: (+99893) 588-26-08

    Boshqa yangiliklar