1

Yil boshidan yong`in natijasida o`z xonadonlaridan 3 nafar shaxsning jasadi topildi

Jamiyat 04.01.2019, 14:40
Yil boshidan yong`in natijasida o`z xonadonlaridan 3 nafar shaxsning jasadi topildi

Yil boshidan ehtiyotsizlik tufayli yong`in kelib chiqish natijasida 3 nafar shaxs o`z xonadonida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni Buxoro viloyatining G`ijduvon tumanida yashagan R.R. uyida sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida sigaret kukuni ko`rpa ustiga tushib, yong`in sodir bo`lgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida uyining 40 kv.m. maydonida tom qismi va uy jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda R.R.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida shu yilning 2 yanvar kuni Turkiston mahallasida yashagan N.M.ning uyida yong`in sodir bo`lgan.

Yong`in oqibatida uyining 1 kv.m. maydonida pol qismi va gilami yonib zarar ko`rgan hamda N.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong`in N.M. mast holda uyida sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Shu yilning 4 yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Oqibatda uyning 140 kv.m. maydonida tomi, shifti, jixozlari yonib zarar ko`rgan va yong`in o`chirish vaqtida B.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong`inlarning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1