AsosiyJamiyat

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

'Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahridagi "Xo`ja Alambardor"” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O`zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani "Minor" jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan "Minor" jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar