1

​Harbiylar buyuk sarkardalar tarixini chuqur o`rganmoqda

Jamiyat 04.01.2019, 17:07
​Harbiylar buyuk sarkardalar tarixini chuqur o`rganmoqda

Kecha, 3 yanvar kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti kursantlari hamda bir qator jamoat arboblari ishtirokida «Vatanimga tayanchman!» shiori ostida davra suhbati bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muxtor Rasulov, Amir Temur fondi raisi To`lqin Hayitov, O`zbek milliy akademik drama teatri aktyori Yunus Asqarov so`zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko`lamli ishlar muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida Amir Temurning tarixi ko`p jildlik kitoblarda yozib o`tilganligi, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda Sohibqiron tomonidan amalga oshirilgan ibratli ishlar, pand-nasihatlar va o`gitlardan namunalar keltirildi.

Shuningdek, buyuk sarkardaning hayoti va faoliyatidan so`zlovchi «Temur tuzuklari»ga ham alohida to`xtalib o`tildi.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos ekanligi e`tirof etilib,kursantlar va harbiy pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1