Bugun, 5 yanvar kuni Toshkentning ayrim ko`chalarida vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab marafon o`tkazilishi munosabati bilan ayrim ko`chalarda transport harakati cheklanadi.
IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, soat 15:00dan 17:00ga qadar quyidagi ko`chalarda harakat cheklanadi:
- Kichik halqa avtomobil yo`li – Asaka ko`chasidan Maxtumquli ko`chasigacha;
- Maxtumquli ko`chasi – Toshkent tibbiyot akademiyasidan Mirzo Ulug`bek ko`chasigacha;
- Mirzo Ulug`bek ko`chasi – Maxtumquli ko`chasidan Parkent ko`chasigacha;
- Parkent ko`chasi – Mirzo Ulug`bek ko`chasidan Mustaqillik ko`chasigacha.
IIBB vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`ragan.






