AsosiyJamiyat

Endilikda xorijda o`qiydigan yoshlarga chet tillarini o`qitadigan maxsus kurslar ochiladi

'Endilikda xorijda o`qiydigan yoshlarga chet tillarini o`qitadigan maxsus kurslar ochiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yil 4 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha “El-yurt umidi” jamg`armasining dasturlari bo`yicha kadrlarni o`qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida bir qator vazifalar belgilandi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi birgalikda 2019 yilning 1 martiga qadar Jamg`arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni, ayniqsa, respublika hududlarida xorijiy tillarga o`qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

2019 yilning 1 aprelidan boshlab Jamg`arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy – ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarga o`qitish maxsus dasturlari asosida maqsadli kurslar tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar