AsosiyDunyo

Yo`qolgan talabalarning yaqinlari ularni topish bo`yicha Prezident va`dasiga ishonishmayapti

Talabalar 2014 yilning sentyabr oyida polisiya Iguala shahri meri topshirig`iga binoan talabalar namoyishi ishtirokchilariga hujum qilgan vaqtida yo`qolgan edi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

 O`sha vaqtda o`ldirilgan 6 kishi bilan birga 43 nafar talaba yo`qoldi. O`shandan beri federal hukumat Iguala atrofini nazoratga olgan qolda ularni qidirishda davom etmoqda. Voqea sabab 56 kishi qamoqqa olingan.

Meksika Prezidenti Enrike Penya Neto yo`qolgan talabalarning yaqinlari bilan o`zining rasmiy rezidensiyasida bo`lib o`tgan uchrashuvda ularni qidiruv ishlarini yanada kuchaytirishni va`da berdi.

"Surishtiruv ishlarini oxiriga etkazishimiz, aybdorlarni topishimiz va qonunga ko`ra choralar ko`rishimiz zarur”, - deydi Penya Neto.

Shunga qaramasdan, talabalarning yaqinlaridan ba`zilar pessimistik ruhiyatda, ya`ni ular hukumatning bu va`dasiga ishonishmayapti.  Uchrashuv ishtirokchilaridan biri Felipe de lya Krus shunday fikrlarni bildirdi: "Biz prezident so`zlariga ishonmaymiz. Farzandlarimizni tirik qaytarishlarini istaymiz. Ularni qandaydir chuqurlardan qidirmaslik kerak. Biz ularning tirik ekanligiga ishonamiz”.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar