Joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkent shahrining M.Ulug`bek tumanida yashovchi R.J.(ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3 yanvar kuni o`g`li 1992 y.t. Behruz Jo`raev o`zining boshqaruvidagi "Matiz" 01 W 914 QA davlat raqamli avtomashinasida uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan.
B.Jo`raevni qidirib topish choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, agar orangizda ushbu shaxs va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma`lumotga ega shaxs bo`lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga murojaat qilishingizni yoki "102" telefon raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz", - deyilagan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.






