AsosiyDunyo

Trans-Tinch okeani Bitimini tuzish bo`yicha uch kunlik yig`ilish nihoyasiga etdi

 27 oktyabr kuni Avstraliyaning Sidney shahrida Trans-Tinch okeani Bitimini tuzish bo`yicha 12 ta a`zo-davlatlarning savdo vazirlari ishtirokidagi uch kunlik yig`ilish nihoyasiga etdi.

Muzokaralar davomida integrasiyalashgan ittifoq yakuniy shaklga ega bo`layotganidan darak beruvchi sezilarli ilgarilashga erishildi. Bu haqida uchrashuv yakunlari bo`yicha vazirlarning qo`shma bayonotida keltirilgan.

Trans-Tinch okeani sherikligi Bitimiga a`zo davlatlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi 10-11 noyabr kunlari Pekin shahrida bo`lib o`tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumining maydonida o`tkaziladi.

Trans-Tinch okeani sherikligi tarkibiga Avstraliya, Bruney, Kanada, Chili, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, AQSh va Vetnam kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar