AsosiyJamiyat

Ilk bor “Innovasion rivojlantirish Kengashi” Navoiy viloyatida tashkil etildi

'Ilk bor “Innovasion rivojlantirish Kengashi” Navoiy viloyatida tashkil etildi'ning rasmi

Navoiy viloyati gigant korxonalarga boy o`z salohiyatiga ega hududlardan biri hisoblanadi.

Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlanishida munosibhissa qo`shib kelayotgan tadbirkorlar bisyor.

Ana shunday tadbirkorlar hamda faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan yoshlarning innovasion tashabbuslarni qo`llab-quvvatlovchi va takliflarni ishlab chiquvchi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni tashkil etishda yangi g`oyalar va eng ilg`or xorij tajribalarini amaliyotga joriy qilish bo`yicha takliflarni shakllantiruvchi, viloyatda axborot kommunikasion texnologiyalardan keng foydalangan holda yangi xizmat turlarini yulga quyish bo`yicha takliflarni shakllantirishda ko`maklashuvchi jamoatchilik organi ilk bor Navoiy viloyatida “Innovasion rivojlantirish Kengashi” tashkil etildi.

Eng quvonarlisi, ushbu Kengash raisi etib, iqtisodchi-marketolog “DEKOS” kompaniyasi asoschisi Hasan Mamasaidov nomzodi tasdiqlandi. Ta`sis yig`ilishida Kengash rais o`rinbosari viloyat hokimi Kobul Tursunov saylandi.

Bundan tashqari, viloyat yoshlari va tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida hududni yanada rivojlantirishda zamonaviy, innovasion yondashuvlarni muhokama qilish buyicha tashkil etiladigan bir qator davra suhbatlari,“Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida tajribali tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida uchrashuv, “Yosh tadbirkorlar” bilan kovorking markazida tajribali tadbirkorlarning biznes sirlari bo`yicha treninglar tashkil etildi.

Ushbu treningni respublikamizda eng tajribali, xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytgan 10 nafardan ortiq tadbirkorlar olib bordilar.

    Boshqa yangiliklar