AsosiyJamiyat

Sayxunobodda temir vagonda yong`in yuz berdi, bir kishining jasadi topildi

'Sayxunobodda temir vagonda yong`in yuz berdi, bir kishining jasadi topildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019 yil 5 yanvar kuni “Baxmalsoy” MFY hududidagi fermer xo`jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan “Guliston Dav Suv Maxsus pudrat” DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo`ljallangan temir vagonida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in natijasida vagonining yog`och qoplamasi yonib zarar ko`rgan hamda Guliston tumanida yashagan, yuqoridagi unitar korxonaning ishchisi bo`lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong`in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar