2019 yilning dastlabki ikki oyida “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtosaroylarga 60dan ortiq yangi avtobuslar olib kelinadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni kunlarda 14 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar etkazildi. Joriy yilning yanvar va fevral oylarida 20 tadan “MAN” hamda 8 ta “SAZ LE 60” rusumli jami 48 ta yangi avtobuslar keltirilishi rejalashtirilgan.
“Istiqbolda bu kabi harakat tarkibining yangilanish jarayonlari davom etishi ko`zda tutilgan“, deyiladi hokimlik bayonotida.
Eslatib o`tamiz, 2018 yil so`ngiga qadar yo`lovchilar uchun zarur qulayliklarga ega 40 ta “MAN” va 58 ta “SAZ LE 60” avtobuslari keltirilgan edi.






