AsosiyJamiyat

"Sirli mijoz" tadbirlari davomida DXMning 55 nafar xodimi ishdan bo`shatildi

'"Sirli mijoz" tadbirlari davomida DXMning 55 nafar xodimi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyrug`iga asosan Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar va FHDYo organlari tomonidan davlat xizmatlari ko`rsatish ahvolini “sirli mijoz” tamoyili asosida monitoring qilish tartibi to`g`risida”gi nizomi tasdiqlangan.

Davlat xizmatlari Agentligining Davlat xizmatlari markazlari ustidan nazorat qilish bo`limi tomonidan 2018 yil davomida 1062 ta “Sirli mijoz” tadbirlari, 5924 ta profilaktik suhbatlaro`tkazilgan. O`tkazilgan tadbirlar natijasida457 ta xodim ogohlantirilgan va 156 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo (hayfsan va jarima) choralari qo`llanilgan, 55 ta xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

O`z xizmat vazifasiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgan, kasbiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan va “sirli mijoz” sifatida murojaat qilgan tadbirkorlik sub`ektlarini asossiz ravishda boshqa tashkilotlarga yuborib, ularning murojaatlarini sansalorlikka solish kabi holatlarga yo`l qo`ygan markaz direktorlari, bo`lim boshliqlari va davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o`tkazilib, ish faoliyati davomida markazga kelgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan qo`pol muomalada bo`lmaslik, ortiqcha hujjatlar talab qilmaslik va sarson qilmaslik, ta`magirlikka yo`l qo`ymaslik bo`yicha tushuntirishlar olib borimoqda.

Bundan tashqari, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari binosining kirish qismiga hamda markaz xodimlarining ish stollariga fuqarolar korrupsion holatlarni sezgan taqdirda Davlat xizmatlari agentligining “ishonch telefoni” (1148)ga qo`ng`iroq qilish haqida ma`lumotlar joylashtirilgan.

Ma`lumki, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida dam olish kunlari hududning aholi gavjum bo`lgan joylarida sayyor davlat xizmatlarini ko`rsatish amaliyoti yo`lga qo`yilgan.

2018 yil davomida mahalla va qishloqlarda aholi o`rtasida jami 130 497 ta sayyor qabullar tashkil etilib, qabullarda aniqlangan 130 497 ta muammolardan 116 247 tasi ijobiy hal etildi.

Xalq og`irini engil, uzog`ini yaqin qilish kabi vazifani bo`yniga olgan ekan Davlat xizmatlari agentligi – aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko`rsatilishida ochiqlik, qulaylik tamoyillariga asoslanadi.

    Boshqa yangiliklar