AsosiyDunyo

Tailandda sayohlar o`tirgan avtobus halokatga uchradi

'Tailandda sayohlar o`tirgan avtobus halokatga uchradi'ning rasmi

Tailandda ichida sayyohlar bo`lgan ikki qavatli avtobusning YTHga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo`ldi, ellik nafardan ortiq odam jabrlandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Nashrning xabar berishicha, avtobus Panom Pray shahridan Bangkok tomonga yo`lga chiqqan. Avtobus mahalliy vaqt bilan 03:20 da Kxlong Luang tumanida ag`darilgan. Bu paytda kuchli yomg`ir yog`ayotgan bo`lgan.

Haydovchi oldinda ketayotgan avtomobilga urilmaslik uchun tormozni qattiq bosgani tufayli avtobus ag`darilib ketgan. YTH oqibatida bir nafar erkak, to`rt nafar ayol va chaqaloq halok bo`lgan. Jabrlanganlar yaqin o`rtada joylashgan kasalxonalargaetkazilgan.

    Boshqa yangiliklar