Afg`onistonning g`arbiy qismida “Tolibon” jangari radikal harakati tinch aholiga mansub 12 nafar odamni garovga oldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Hodisa shanba kuni ertalab, Farah provinsiyasida sodir bo`lgan. Jangarilar tinch aholiga mansub 12 kishini garovga olgan va ularning ikki nafarini otib o`ldirgan. Mazkur holat yuzasidan “Tolibon” jangari radikal harakati hech qanday izoh bermagan.






