1

Maskerano "Barselona"da tengsiz deb topildi

Sport 30.10.2014, 11:55
Maskerano "Barselona"da tengsiz deb topildi

"Barselona" yarim himoyachisi Xaver Maskerano 2013/14 mavsum yakunlariga ko`ra, Aldo Rovira mukofoti bilan taqdirlandi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

Mazkur mukofot 2010 yildan beri o`tkazilinib kelinmoqda va "Barselona" jamoasi sobiq direktorining fojeali o`lim topgan o`g`li sharafiga qo`yilgan.

Argentinalik futbolchi 2013/14 mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 28 uchrashuv o`tkazgan.

– Men uchun ovoz bergan barchaga o`z minnatdorligimni bildiraman. Biz "Barselona"da qolib, o`z vazifamizni a`lo darajada bajarishda va jamoaning muvafaqqiyatlariga sadoqat bilan xizmat qilishda davom etamiz, – deydi Maskerano.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1