Meksikalik arxeologlar Mexikodan unchalik uzoqda bo`lmagan Teotiuakan piramidasida 2003 yili topilgan 2000 yillik erosti yo`lidagi qazilma ishlarini nihoyasiga etkazishdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti loyiha rahbari arxeolog Serxio Gomes so`zlariga tayangan holda.
Nautl tilidan tarjima qilinganda “Ma`budlar tug`iladigan joy” ma`nosini beruvchi Teotiuakan Teksikadagi eng mashhur areologik komplekslardan hisoblanadi. Bu joy 1987 yili YuNESKO madaniy meros ob`ektlari ro`yxatiga kiritilgan.





